2026 yil 9 oktabr kuni soat taxminan 13:00 da Termiz tumanidagi Navro‘z mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-166 «Termiz shahri — Namuna — Termiz xalqaro aeroporti» avtomobil yo‘lining 11-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, 2010 yilda tug‘ilgan, Termiz shahridagi 25-maktabning 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘smir haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan. U onasiga tegishli Cobalt avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib kelib, tajribasizligi sababli boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi yoritish ustuniga borib urilgan.
Oqibatda, haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan. Avtomobil salonida bo‘lgan uning 2010 yilda tug‘ilgan sinfdoshi esa voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.