Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, poytaxt aholisi va mehmonlari 27 may kuni metro va avtobuslarda soat 04:00 dan harakatlana oladi.
“Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yoʻnalishlari va metropoliten soat 04:00 dan oʻz harakatini boshlaydi”, deyiladi xabarda.
Yoʻllarda tirbandliklarni oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida fuqarolardan Qurbon hayiti namoziga tashrif buyurishda jamoat transporti xizmatidan foydalanish soʻralgan.