Bundan tashqari, AQSh harbiylari bir nechta Eron dronlarini to‘xtatib, urib tushirdi, deb qo‘shimcha qildi manba.
28-fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlashdi va bir nechta shaharlarga havo hujumlarini uyushtirishdi. Bunga javoban Eron Isroil hududiga raketa hujumlarini uyushtirdi va Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy bazalariga hujum qildi.
2026-yil 8 aprel kechasi Eron, AQSh va ularning ittifoqchilari ikki haftalik sulhga kelishib olishdi. Keyinchalik, Prezident Donald Tramp sulhni noma’lum muddatga uzaytirdi. 11-12 aprel kunlari Pokiston vositachiligida Islomobodda Eron va AQSh o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasiz yakunlandi.
Tehronga bosim o‘tkazish chorasi sifatida AQSh Eron bandargohlari va Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishni bloklaganini e’lon qildi. Eron, o‘z navbatida, Fors ko‘rfaziga yo‘l olgan kemalar uchun Hormuz bo‘g‘ozini yopganini e’lon qildi. Mintaqadagi vaziyat global energetika inqiroziga olib keldi, deb xabar berdi report.az.