Unda maʼlum qilinishicha, roʻyxatga olishning dastlabki natijalariga koʻra, mamlakat aholisi soni 39 million 47 ming 321 nafarni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, joriy statistik hisob-kitoblarga muvofiq aholi soni 38 million 236 ming 704 nafar deb baholangan edi. Roʻyxatga olish natijalari ushbu koʻrsatkichdan 810,6 ming nafarga koʻp ekani aniqlandi.
Shuningdek, matbuot anjumanida Oʻzbekiston aholisi soni 1989 yilda oʻtkazilgan soʻnggi aholi roʻyxatga olish natijalariga nisbatan qariyb ikki barobarga oshgani taʼkidlandi.