Bu haqda Milliy statistika qömitasida ötkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Maʼlumotlarga köra, uşbu yoş toifasidagi aholining taʼlim darajasi quyidagiça taqsimlangan:

  • oliy va oliy taʼlimdan keyingi maʼlumotga ega bölganlar — 3 million 271,1 ming kişi (12 foiz);
  • örta maxsus va professional maʼlumotlilar — 9 million 737,2 ming kişi (35,8 foiz);
  • umumiy örta maʼlumotga ega bölganlar — 11 million 626,5 ming kişi (42,8 foiz).

Har 1 000 nafar 15 yoş va undan katta aholiga örtaça 120 nafar oliy va oliy taʼlimdan keyingi, 358 nafar örta maxsus va professional hamda 428 nafar umumiy örta maʼlumotli şaxs töğri keladi.