Bu haqda Senat matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga kiritilgan nomzod ko‘rib chiqildi.

Masala muhokamasi yakunida Oliy Majlis Senati Kengashining Robaxon Anvarovna Mahmudovani sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga besh yil muddatga saylash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.