Joriy yilning 3-noyabr kuni Oliy Majlis Senati Kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Majlisda sudyalar mustaqilligini mustahkamlaş hamda odil sudlovni taʼminlaşning institutsional mexanizmlarini rivojlantirişga qaratilgan muhim masala – Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosarini saylaş masalasi körib çiqildi.
Majlisda taʼkidlanganidek, sönggi yillarda mamlakatimizda sud hokimiyatining nufuzini oşiriş, fuqarolarning sudlarga bölgan işonçini mustahkamlaş, sudyalar faoliyatida xolislik va mustaqillikni taʼminlaş borasida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda. Bu jarayonda Oliy sudning örni va ahamiyati alohida hisoblanadi.
Mazkur masala yuzasidan Senat Kengaşining tegişli qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan Farrux Soyibjonoviç Abduraimov beş yil muddatga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.
Şu bilan birga Alişer Ataxanoviç Usmanov Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Majlisda sözga çiqqan senatorlar sud tizimida kadrlar salohiyatini mustahkamlaş sud hokimiyatining samarali faoliyatini taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.