Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Gʻalim Abduxoliqov, Janat Aymaganbetova, Zafar Karimov va Karomatjon Davletova oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan D. Djurayev, D. Karimov, N. Javliyev, shuningdek, oʻz arizasiga binoan A. Abdikarimov, O. Arabov, N. Mirzaalimov, S. Toganov, O. Turdiyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.