Viloyat YHXB xabarida qayd etilishicha, 1991-yilda tugʻilgan haydovchi “Labo” rusumli avtomobilni qayrilib olish mumkin boʻlgan joydan qayrilib olayotgan vaqtida oʻz yoʻnalishida harakatlanayotgan “Lasetti” va “Tracker” rusumli avtomobillar bilan toʻqnashgan.

Toʻqnashuv oqibatida avtomobillarda yongʻin kelib chiqqan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan toʻliq bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida harakat ishtirokchilaridan hech biri jarohat olmagan.

Holat yuzasidan Oʻrta Chirchiq tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.