Muloqot chog‘ida mintaqamiz uchun g‘oyat muhim bo‘lgan masalalar: cho‘llanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, havo sifati monitoringi, biologik xilma-xillikni asrash hamda resurslardan oqilona foydalanish mavzularini muhokama qilindi.

“UNEP va GEF rahbariyatiga mamlakatimizdagi “yashil” islohotlarni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda amaliy ekologik yechimlarni ilgari surishga qo‘shayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorlik bildirib, jamg‘armaning Samarqanddagi tarixiy Assambleyasi muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan tabriklayman”, dedi Saida Mirziyoyeva.