O‘zenergoinspeksiya va "Hududgaz Samarqand" GTF hamkorligida Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor B. M. ga hammomda hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasiga 2 milliard 80 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.