Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “U.D.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga mo‘ljallangan yer maydonidan 90166,28 m3 tuproq va 959,94 m3 qora qum aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olishi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd so‘mlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.