Qurultoyda birlashmalarning yil davomida eng yaxshi natija koʻrsatgan ijodkorlarining badiiy kechasi tashkil qilinadi va ular munosib taqdirlanadi.
Misol uchun, musiqa sohasida kamida 10 ta qoʻshiq yoki musiqa yaratgan, xalq artisti, xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan yoki xalqaro tanlovlar gʻoliblari boʻlgan, asarlari mamlakat va xalqaro sahnalarda ijro etilayotgan qoʻshiqchi, sozanda va kompozitorlar;
adabiyot sohasida yuqori darajada eʼtirof etilgan badiiy kitob muallifi boʻlgan, yaratgan asari 50 ming nusxadan ziyod chop etilgan, ijod mahsuli teatr va kinoda sahnalashtirilgan, sheʼrlari “xit” qoʻshiqqa aylangan shoir, yozuvchi va dramaturglar taqdirlanadi.
Ularga yil davomida har oyda 5 million soʻmdan qalam haqi beriladi, Oʻzbekiston boʻylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanadi.
Ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida davolanish xarajati toʻliq byudjetdan qoplanadi. Ularning mahorat maktabi va ijod uylari tashkil etiladi.
Prezidentimiz sovrindorlar keyingi yili ham ijodini toʻxtatmay yangi natijalar qilsa, yuqoridagi imtiyozlarni olishda davom etishi haqidagi taklifni qoʻllab-quvvatladi.