Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirlar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tashkil etilgan.

Ichki ishlar organlari ma’lumotiga ko‘ra, mazkur toifadagi shaxslar bozorida xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri savdoga to‘sqinlik qilib, avtomobil va ehtiyot qismlar narxining sun’iy oshishiga sabab bo‘lgan. Ayrim holatlarda esa xaridor va sotuvchilar uchun noqulay vaziyatlarni yuzaga keltirgan.

Tadbirlar davomida bozor hududida noqonuniy vositachilik va o‘rtakashlik bilan shug‘ullangan 100 nafar shaxs aniqlangan.

Ularning 50 nafari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan, 30 nafariga nisbatan ma’muriy qamoq va jarima jazosi qo‘llanilgan.

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil va 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida Sergeli avtomobil bozori hududida noqonuniy harakatlar bilan bog‘liq qariyb 10 ta jinoyat ishi qayd etilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu kabi holatlarga qarshi nazorat va profilaktik tadbirlar davom ettirilishini bildirgan.

Shuningdek, fuqarolarga avtomobil va ehtiyot qismlarini faqat rasmiy hamda ishonchli savdo nuqtalari orqali xarid qilish tavsiya etilgan.