Loyihaning umumiy maydoni 5 gektarni taşkil etadi. Şundan 17 ming kvadrat metr qismi sunʼiy suv havzasi uçun ajratilgan. Qolgan hududda bolalar maydonçalari va şinam ayvonlar barpo etiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, obyektda quyoş panellari, suvni tozalaş va ozonlaş tizimlari örnatiladi.
Geologik tadqiqotlar mazkur hududda loyihani amalga oşiriş imkoniyati mavjudligini tasdiqlagan. Hozirgaça quriliş işlarining 30 foizdan ortiği bajarilgan. Ayni paytda konstruksiyalarni armaturalaş va mustahkamlaş, tayanç devorini barpo etiş işlari olib borilmoqda.
Rejaga köra, noyabr oyiga qadar devorning qariyb 800 metrlik qismini qurib bitkaziş va suv havzasi tubidan tuproqni töliq çiqariş közda tutilgan. Obyekt qurilişini esa yil oxirigaça yakunlaş möljallangan.
Yangi suv havzasi hududda çang miqdorini kamaytiriş, havoni namlantiriş va qulay mikroiqlimni şakllantirişga xizmat qilişi kutilmoqda. Maskan aholi uçun sayr qiliş, dam oliş va sport bilan şuğullaniş imkonini beradi.
Qayd etilişiça, quriliş jarayoni doimiy nazoratda. Işlarning barça bosqiçlarida daraxtlarni asraş, ekologik talablar va qonunçilikka rioya etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.