– Bemorni masofadan kuzatish, nutq orqali kasallikni aniqlash va dori-darmon xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha yangi yechimlar joriy etiladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Bu yechimlar tibbiyotda sunʼiy intellektdan foydalanish koʻlamini kengaytiradi. Shifokorlar ishida yangi texnologiyalarni qoʻllashga eʼtibor kuchaytiriladi.

Har bir viloyatda “Eng yaxshi AT operatori” va “Raqamli tibbiyotning eng yaxshi shifokori” tanlovlari oʻtkaziladi. Gʻoliblar 100 million soʻmdan mukofot oladi.