Qoʻmita maʼlumotiga koʻra, oʻrganishlar aholiga koʻrsatilayotgan pullik tibbiy xizmatlar narxlarining shakllantirilishida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan oilib borilgan.
Sirdaryo
viloyatidagi Guliston tibbiyot klasterida oʻtkazilgan tekshiruvda muassasa 2024 yil
davomida 110 turdagi pullik tibbiy xizmat boʻyicha hisob-kitoblarda xatolikka yoʻl
qoʻygani aniqlangan. Buning natijasida 100 ming nafarga yaqin fuqarodan 340
million soʻmga yaqin mablagʻ asossiz undirilgan.
Shundan soʻng
hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan Guliston tibbiyot klasteriga ushbu
mablagʻni isteʼmolchilarga qaytarish boʻyicha majburiy koʻrsatma berilgan.
Jizzax
viloyatidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy
tibbiyot markazi filialida ham shunga oʻxshash holat aniqlangan.
Tekshiruvlarga
koʻra, 2023–2025 yillar davomida pullik tibbiy xizmatlar narxi notoʻgʻri
hisoblanishi oqibatida 40,5 mingga yaqin mijozdan 100 million soʻmdan ortiq
mablagʻ asossiz olingan.
Mazkur holat
yuzasidan muassasaga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, mablagʻni
isteʼmolchilarga qaytarish boʻyicha majburiy koʻrsatma berilgan.