Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda tibbiy jihozlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida tezkor ma’lumotlar asosida kuzatuvga olingan, fuqaro boshqaruvidagi avtotransport vositasi Guliston shahrida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Ko‘rik jarayonida avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlarsiz hamda sifati kafolatlanmagan stomatologiya jihozlari borligi aniqlandi.
Jami 120 turdagi 17 ming 477 dona tibbiy buyumlarning umumiy qiymati qariyb 371 million so‘mni tashkil etmoqda.