Sudning hukmi bilan M.Mirzayev Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismining “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik), 205-moddasi  2-qismining “a” bandi (mansab vakolatini juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda suiiste’mol qilish) va 208-moddasida (hokimiyat harakatsizligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 (uch) yil muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 8 (sakkiz) yil 2 (ikki) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Boshqa sudlanuvchilar (ular orasida muqaddam bir necha marta sudlanganlar ham bor) Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 184-moddasi (soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va boshqa moddalarning tegishli qismi va bandlari bilan aybdor deb topilib, ular 5 (besh) yildan 9 (to‘qqiz) yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, sud hukmi bilan yetkazilgan zararlar undirilishi ham belgilandi.

Tayinlangan jazolar sudlanuvchilarga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Yakunda raislik etuvchi tomonidan taraflarga sud hukmi mazmuni va unga nisbatan shikoyat berish tartibi hamda muddatlari tushuntirildi.