Maʼlum qilinishicha, u Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyatidagi tuman boʻlimlaridan birida joriy yil may oyidan ish boshlagan fuqaroga goʻyoki oʻzining mansabdor tanishlari orqali ishga kiritganini vaj qilib, kelgusida uni oʻzi istagan tumandagi MIB boʻlimiga oʻtkazib berishini aytgan.
Bu “xizmati” evaziga u fuqarodan 2500 AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi talab qilingan pul mablagʻini oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.