Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari DXX Çegara qöşinlari hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi bilan hamkorlikda Termiz tumanida tezkor tadbir ötkazdi.
Tadbir davomida jami 5 ta öramdagi, umumiy oğirligi 5 kilogramm 362 gramm bölgan «afyun» moddasini şartli xaridorga sotayotgan vaqtda Termiz şahrida yaşovçi, 1972 va 1995-yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro uşlandi.
Maʼlum qilinişiça, giyohvandlik vositalari ularga qöşni Afğonistondagi narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilgan.
Qayd etilişiça, uşlanganlarning biri muqaddam öğirlik, ikkinçisi esa giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyat sodir etgani uçun sudlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.