«Dunyo» AA xabar berishicha, vatandoshlarmizning Oʻzbekistonga qaytarilishi mamlakatimizning Shvetsiya va Polsha vakolatli idoralari bilan hamkorligi doirasida amalga oshirilgan.

Toshkentda fuqarolarni Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari kutib oldi. Vatandoshlar mamlakatga qaytishga koʻmaklashgani va koʻrsatilgan yordam uchun Oʻzbekiston rahbariyati hamda vakolatli organlarga minnatdorlik bildirdi.

Qayd etilishicha, bunday chora-tadbirlar Oʻzbekiston fuqarolarining chet eldagi huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xalqaro majburiyatlar va mezbon davlatlar qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, chet elga chiquvchi fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.