Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqida farmon imzolandi. Ular orasida tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor.

Uchrashuvda mamlakatimiz yetakchisi davlat mukofotlarini oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Inson salomatligini asrash, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda barchaga oʻrnak boʻlayotgan tibbiyot xodimlari uchun alohida davlat mukofotini taʼsis etish tashabbusi ham ilgari surildi. U buyuk bobomiz Ibn Sino nomi bilan ataladi.