Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, 2026-yil 4-oktyabr kuni soat 19:37 da «112» tizimi orqali Toshkent viloyati Ohangaron tumani «Chinor» MFY hududidagi togʻli joyda dam olish vaqtida 5 nafar fuqaro adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan soʻng «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasi «Beshqul» navbatchilik qismi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan.

Qidiruv ishlari natijasida soat 00:31 da 5 nafar fuqaro topilgan.

Ular xavfsiz hududga olib tushirilib, yashash manzillariga yuborilgan.