Kuni kecha, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qo'shtepa tumani "Langar" MFY Mirobod ko'chasidan oqib o‘tgan "Katta Farg'ona" kanaliga "Damas" rusumli avtomobil boshqaruvni yo'qotishi oqibatida tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan viloyat FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib oldilar.