17 oktyabr kuni 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahri atmosfera havosi mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishi kutilmoqda.
O'zgidromet ma'lum qilishicha, bu uzoq vaqt davomida yog'ingarchilikning bo'lmagani va havo haroratining inversiyasi natijasida sodir bo'lmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga quyidagi tavsiya qilinmoqda:
1. Imkoni boricha, uydan chiqmaslikka harakat qilish kerak.
2. Ko'chada bo'lganda, albatta tibbiy niqob taqish va uni har bir soatda almashtirish lozim.
3. Nafas qaytishi, burun bitishi, aksa urish, tumov, ko'zlar qizarishi va qichishishi, tomoqda qattiq qichishish, yo'tal paydo bo'lganda zudlik bilan allergolog shifokorga murojaat qilish lozim.
4. Shuningdek, tuzli eritmada burun va tomoqni chayish, oynalarni yopiq holatda saqlash, oynalarning oldida xo'l sochiqlarni yoyib qo'yish tavsiya etiladi.
Toshkent havosida kuchli ifloslanish kutilmoqda
Shu munosabat bilan Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga quyidagi tavsiya qilinmoqda:
Özbekistonda bir yilda 49 mingdan ortiq ekstremistik va terrorçilik mazmunidagi internet-resurs aniqlandi
- Şofirkon tumanidagi xonadon poydevori ostiga 2,8 kg. dan ziyod "marixuana" yaşirilganligi foş böldi
- Samarqand şahrida işga kiritişni vaʼda qilgan maktab direktori pora bilan uşlandi
- Suv omborlari va ularga tutaş hududlardagi böş yer uçastkalarida turizm xizmatlari taşkil etiladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etdi
- Xavfsizlik masalalari bo‘yicha SHHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti ishtirokchilariga