Metropolitenda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida harakat tarkibini yangilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Joriy yil yangi o‘quv yili boshlangunga qadar rejalashtirilgan barcha 14 ta harakat tarkibi (56 ta vagon) metropoliten vagon parkiga olib kelindi.

Yangi harakat tarkiblarining xarid qilinishi natijasida Toshkent metropoliteni vagon parkini qariyb 70 % ga yangilashga erishildi.

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda. Natijada yo‘nalishlarda poyezdlar harakatlanish oralig‘i, ayniqsa, kunning tig‘iz vaqtlarida sezilarli darajada qisqartirildi.

Bugungi kunda kunning tig‘iz vaqtlarida:

Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar 1,5–2 daqiqalik;

O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqalik;

Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqalik;

Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida esa 7–8 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda.