Qarorga ko‘ra, 2031-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahrida, eksperiment tariqasida, quyidagi tartib joriy qilinadi:
barcha tumanlarni maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari bilan bog‘lash, ularning salohiyatini oshirish va yangi loyihalarni ko‘paytirish maqsadida:
har bir tumanga loyihalarni joylashtirish uchun maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari hududidan Toshkent shahar hokimi qarori bilan yer maydonlari biriktiriladi.
Olmazor tumanida joylashgan Yoshlar markazi binosida yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘nalishlarida Yoshlar kreativ parki tashkil etiladi.
“Toshkent kitob tijorat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan kitoblar savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga aholi gavjum joylarda, bozorlarda, yirik savdo markazlarida, shoh ko‘chalarda yengil konstruksiyali kitob do‘konlarini o‘rnatish, “Book cafe”larni tashkil qilish, poytaxtda barpo etilayotgan 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadigan sayilgohlarda “kitob ko‘chasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
Maydoni 5 ming metr kvadratdan ortiq savdo markazlarida kitob do‘konlarini tashkil etishning majburiy tartibi joriy qilinadi.