Shuningdek, ushbu tumanda joylashgan “A. F.” MChJga qarashli savdo do‘konida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 331 mln so‘mni tashkil qildi.

Yana bir holatda Yunusobod tumanida fuqaro V. A. ga tegishli bino o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 84 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.