Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Hududgazta’minot” AJ va “Texnopark” MChJning mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, go‘yoki elektron gaz hisoblagichlariga texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida 19 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shuningdek, “Texnopark” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan iste’molchilarga o‘rnatilgan 273 dona gaz hisoblagich ko‘rsatkichlarining kam hisoblanganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 861,1 mln so‘mlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.