Forum davomida zamonaviy media makonining bugungi talablari, milliy kontent sifatini oshirish, axborot bilan ishlashning yangi yondashuvlari hamda sohaning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov so‘zga chiqib, mamlakatimizda media sohasini rivojlantirish, professional jurnalistikani qo‘llab-quvvatlash va raqobatbardosh milliy kontent yaratishning ustuvor vazifalariga alohida to‘xtaldi.

Forum doirasida joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar respublika bo‘ylab ilk bor o‘tkazilgan “Media haftalik” loyihasi yakunlari sarhisob qilinib, eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.

Media forum professional muloqot, tajriba almashish va yangi g‘oyalar maydoniga aylanib, mamlakat media hamjamiyatini yana bir bor yagona maqsad — sifatli, ishonchli va zamonaviy kontent yaratish yo‘lida birlashtirdi.