Forum Pekin universiteti, Pekin şahar taʼlim qömitasi, Çey istiqbolli tadqiqotlar instituti (Janubiy Koreya) tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi hamda Taʼlim vazirligi kömagida taşkil etildi.
8-noyabrga qadar davom etgan Pekin forumi işida dunyoning 30 ta mamlakatidan 500 dan ziyod olim va ekspertlar, siyosiy doiralar hamda diplomatik korpus vakillari qatnaşdi.
Pekin forumi işida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinçi örinbosari Mirzatillo Tillaboyev iştirok etdi.
Pekin forumi ijtimoiy taraqqiyot, sivilizatsiyalar uyğunligi va insoniyat ravnaqiga xizmat qiluvçi gumanitar va ijtimoiy fanlar, xalqaro ilmiy almaşinuv hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirişga kömaklaşadi.
Pekin forumi iştirokçilari butun insoniyat tarixi davomida har bir texnologik sakraş sivilizatsiya qiyofasi va uning rivojlaniş yönalişiga çuqur taʼsir körsatib, turli anʼanalarni muloqot orqali yangilanişga undaganini taʼkidladilar. Bugungi kunda global texnologik transformatsiya misli körilmagan kölam va tezlikda rivojlanyapti.
Forumda texnik taraqqiyot bilimlarni yaratiş va tarqatiş, qadriyatlarni avloddan-avlodga yetkaziş hamda özlikni madaniy namoyon etiş şakllarini tubdan özgartirayotgani taʼkidlandi. U sivilizatsiyalararo bilim almaşiş va intellektual hamkorlik uçun yangi maydon yaratiş barobarida, bilimlar darajasidagi tafovut va raqamli tengsizlik kabi muammolarni ham keltirib çiqarmoqda.
Şiddatli texnologik ösiş şaroitida insonparvarlik ruhi va sivilizatsiyalar xilma-xilligini qanday saqlab qoliş hamda texnologiyalar teran muloqot va özaro ilhomlanişga xizmat qilişi uçun samarali yöllarni topiş davrimizning dolzarb masalasidir. Pekin forumi xalqaro ilmiy hamjamiyatda istiqbolli tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş va hamfikrlikka erişişga kömaklaşgan holda, zamonaviy tendensiyalarni ilğaş, ilmiy tafakkurni birlaştiriş hamda hayotiy masalalarga yeçim topişga intilmoqda.
Forumning yalpi va 13 ta şöʼba majlislarida texnologik transformatsiya falsafasi: ilmiy amaliyot, qadriyatlar va sivilizatsiyalar muloqoti; raqamli gumanitar fanlar va mumtoz şarqşunoslik; texnologik transformatsiya va xalqaro taraqqiyot; texnologiyalar, gegemonlik va sivilizatsiyalarning özaro boyişi kabi qator masalalar muhokama etildi.
Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi
Milliy markazi matbuot xizmati.