​​2026-yilning 21-iyun kuni soat 21:00larda “4-Avtobus saroyi” filiali tasarrufida bo‘lgan, “King Long” rusumli, davlat raqami 01|395 MKA, saroy raqami 335-bo‘lgan, 38-sonli yo‘nalishda harakatlanadigan avtobus haydovchisi Z.D. (umumiy mehnat faoliyati 18 yil, avtobus saroyida 12 yil) boshqaruvida bo‘lgan avtobusni Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasi bo‘ylab Janubiy vokzal tomonga boshqarib borayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan svetaforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida yugurib o‘tgan piyoda A.A.ni (2000-yilda tug‘ilgan) urib yuborgan.

​Avtobus haydovchisi zudlik bilan avtobus harakatini to‘xtatib, piyodani tez tibbiy yordam avtomobilida 16-sonli RSHTTYKIMga olib borgan.

Ushbu sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimlari tomonidan rasmiylashtirildi.