O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan amaliy ishlar boshlandi.
Ayni paytda hududda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, avval o‘rab olingan maydondagi metall konstruksiyalar demontaj qilinib, hudud tartibga keltirilmoqda.
Yaqin kunlarda mazkur hududda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish ishlari boshlanadi.
Shuningdek, mahalla hududini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan ishlar bosqichma-bosqich davom ettiriladi.