Mazkur hududdagi amaldagi issiqlik quvurlari yer ostida taxminan 8 metr chuqurlikda joylashgani sababli, yangi issiqlik tarmoqlari loyihaga muvofiq ularning ustki qatlamidan yotqizilmoqda.

Shu munosabat bilan 2026-yil 26-iyul soat 08:00 dan 2026-yil 28-iyul soat 18:00 gacha Qori-Niyoziy va Niyozbek yo‘li ko‘chalari chorrahasida transport harakati qisman cheklanadi.

Qurilish-montaj ishlarini qisqa muddatda va sifatli yakunlash maqsadida:

ishlar ikki smenada uzluksiz olib boriladi;

haydovchilar uchun aylanma yo‘llar va tegishli yo‘l belgilari o‘rnatiladi;

quvurlar yotqizilgach, yo‘l qoplamasi tezkor ravishda tiklanib, transport harakati to‘liq qayta yo‘lga qo‘yiladi.