Atmosfera havosining ifloslanişi bugungi kunda dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida havo sifatiga turli omillar taʼsir körsatadi. Muammoni hal etişda esa faqat havo ifloslanganini qayd etiş emas, balki uning sabablarini aniqlaş ham muhim.
Şu maqsadda Prezident farmoni bilan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tasarrufidagi Ixtisoslaştirilgan atmosfera laboratoriyasi markazi taşkil etilgan.
Markaz rahbari, texnika fanlari doktori Zikrilla Alimovning taʼkidlaşiça, laboratoriyada ilğor xalqaro tajriba va zamonaviy uskunalar asosida atmosfera havosini ifloslantiruvçi moddalarning kelib çiqiş manbalari örganilmoqda.
Ayni paytda Toşkent şahrining barça tumanlarida havodan maxsus filtrlar orqali namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinmoqda.
Tadqiqotlar davomida havoni ifloslantiruvçi moddalarning manbalari, ularning havo sifatiga taʼsiri hamda meteorologik şaroitlar bilan boğliq jihatlari örganilmoqda. Bu orqali havo ifloslanişida qaysi omillar ustunlik qilayotganini aniqlaş va muammoning yeçimlarini işlab çiqiş közda tutilgan.
Kelgusida uşbu tajribani respublika böylab keng joriy etiş ham rejalaştirilgan.
Havo sifatiga inson faoliyati bilan boğliq omillardan taşqari, ob-havo şaroiti ham taʼsir körsatadi. Masalan, uzoq vaqt yoğingarçilik bölmasligi havodagi çang miqdorining ortişiga olib kelişi mumkin.
Harorat inversiyasi vaqtida esa yerga yaqin havo qatlamida ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişi çeklanadi. Natijada ularning töplanişi kuçayib, havo sifati yomonlaşişi mumkin.
Şu sababli havo ifloslanişini örganişda nafaqat ifloslantiruvçi manbalar, balki meteorologik şaroitlarni ham hisobga oliş muhim.
Mutaxassislar olib borayotgan tadqiqotlar havo ifloslanişining asl sabablarini aniqlaş, uning oldini oliş va salbiy taʼsirini kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş uçun muhim ahamiyatga ega.
Zero, havo sifatini yaxşilaş uçun ifloslanişni kuzatişning özi yetarli emas. Buning uçun uni keltirib çiqarayotgan manbalarni aniqlaş va ilmiy asoslangan yeçimlarni amalga oşiriş zarur.