Toşkent şahrida DXXning şahar böyiça boşqarmasi xodimlari poytaxt IIBB bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda Yunusobod tumanida yaşovçi, 1993-yilda tuğilgan şaxs töxtatilib, xolislar iştirokida tekşirildi.

Natijada uning yonidagi uçta kiçik idişda jami 257 gramm gaşiş moyi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida uşbu şaxsning yaşaş manzilidan sof oğirligi 2 kilogramm 831 gramm bölgan gaşiş moyi hamda elektron tarozi aşyoviy dalil sifatida olindi.

Şuningdek, uning internet-narkodökonda faoliyat yuritgani maʼlum böldi.

Farğona viloyatida ham DXX boşqarmasi xodimlari viloyat Bojxona va Içki işlar boşqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar ötkazdi.

Jumladan, Farğona tumanida yaşovçi, 1988-yilda tuğilgan şaxs qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan 982 gramm gaşiş moddasini şartli xaridorga 10 700 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Boşqa bir holatda esa Farğona şahrida yaşovçi, 1997-yilda tuğilgan fuqaro qöşni davlatdan kontrabanda qilingan va Farğona tumanidagi yaşirin joyga qoldirilgan 956 gramm gaşiş moddasini qabul qilib olgan.

U doimiy yaşaş manziliga qaytib ketayotgan vaqtida uşlangan.

Hozirda uçala holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.