Bu haqda "Millar" dasturida xabar berildi.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, mahkumga jazoni ijro etiş koloniyasi rahbarining yordami bilan uyali telefon olib kirilgan. Bu esa unga muassasada jazo ötayotgan vaqtida ham narkotik moddalar savdosini taşkil etiş imkonini bergan.

Şundan söng u taşqaridagi yordamçilari orqali giyohvandlik vositalarini buyurtmaçilarga yetkazib beriş tizimini yölga qöygan.

Tezkor tadbirlar davomida mazkur guruhga aloqadorlikda gumon qilingan 9 nafar fuqaro qölga olingan.

Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida körib çiqilgan işda guruh yetakçisi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilib, 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Şuningdek, Jinoyat kodeksining 60-moddasiga asosan, avvalgi sud hukmi böyiça tayinlangan jazoning ötalmagan qismi qisman qöşilib, yakuniy jazo belgilangan. Sudlanuvçi öta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaşi belgilangan.

Guruhning boşqa olti nafar erkak aʼzosiga ham qilmişlariga qarab 10 yildan 14 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Işdagi eʼtiborli jihatlardan biri — jinoiy guruh tarkibida ikki nafar ayol ham bölganidir.

Sud hukmiga köra, ulardan biri Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan aybli deb topilib, 57-modda qöllanilgan holda 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Avvalgi sud hukmi böyiça ötalmagan jazo qismini qöşiş natijasida unga uzil-kesil 8 yil 6 oylik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan. Şuningdek, jazoni ötaş joyida giyohvandlikka qaramlikdan majburiy davolaniş tibbiy xususiyatidagi çorasi tayinlangan.

Ikkinçi ayolga esa 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.