Toşkent şahri va unga tutaş aglomeratsiya hududlari örtasidagi transport aloqalarini yaxşilaş maqsadida 158-sonli «Kensoy qörğoni — Yunusobod Universam» avtobus yönalişi taşkil etildi.
Yangi yönaliş Toşkent viloyatidagi Kensoy qörğonidan boşlanib, Abu Rayhon Beruniy universiteti, Rahbar ota masjidi, 23-sonli oilaviy poliklinika, Uç Qahramon va 271-maktab hududlari orqali Toşkent şahridagi Yunusobod «Universam» bekatigaça harakatlanadi.
Yönalişda «Ziyotrans» MÇJ tomonidan 10 ta örta siğimli avtobus yölovçilarga xizmat körsatadi.
Mazkur yönaliş aholi uçun jamoat transporti qamrovini kengaytiriş, kundalik qatnovlarni qulaylaştiriş va transport xizmatlari sifatini oşirişga qaratilgan.