Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, “Mirzo Ulugʻbektumangaz” boʻlimi xodimi X.A. fuqaroga tegishli binoga gaz tarmogʻi ulash masalasini hal qilib berishni vaʼda qilgan.

U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali texnik shartnoma rasmiylashtirish, texnik shartlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida mazkur mablagʻning 1 ming AQSH dollari X.A.ning topshirigʻiga koʻra boshqa shaxs — fuqaro N.B. tomonidan olinayotgan vaqtda ashyoiy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berishga dalolat qilish) bilan jinoyat isi qoʻzgʻatilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.