Bu haqda Özgidromet maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, cönggi beş kun davomida yoğingarçilik kuzatilmagani, şamol tezligining pastligi va havo almaşinuvining sustligi Toşkent şahri atmosferasida ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini qiyinlaştirmoqda.
Özgidrometning atmosfera havosi sifatini monitoring qiluvçi avtomatik stansiyalari maʼlumotlariga köra, 2026-yil 17–21-noyabr kunlari poytaxt hududidagi stansiyalarda ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasining sezilarli ortişi qayd etilmagan. Biroq çegaraoldi monitoring stansiyalarida PM2.5 va PM10 çang zarraçalari miqdorining yuqori körsatkiçlari aniqlangan.
Ayniqsa, «Sofiya» va «Green University» çegaraoldi monitoring stansiyalarida mazkur zarraçalar konsentratsiyasining yuqori bölgani taşqi hududlardan çang massalari kirib kelayotganini körsatuvçi omillardan biri sifatida qayd etilgan.
Şuningdek, avtotransport vositalari, quriliş maydonlari va sanoat korxonalaridan çiqadigan taşlamalar ham poytaxt havosi sifatiga taʼsir körsatuvçi mahalliy omillar hisoblanadi.