Toşkent şahar hokimligi maʼlum qilişiça, isitiş mavsumini boşlaşda asosiy mezon — örtaça sutkalik havo haroratining ketma-ket beş kun davomida +8 darajadan past bölişi hisoblanadi.
Şu bilan birga, mavsumni boşlaşda haqiqiy ob-havo şaroiti ham inobatga olinadi. Havo harorati keskin pasaygan taqdirda, tegişli qaror qabul qiliş keçiktirilmaydi.
Ayni paytda şaharda isitiş tizimlarini mavsumga tayyorlaş işlari olib borilmoqda. Bu jarayon şahar xizmatlari hamda «Veolia Energy Taşkent» mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.
Hozirça isitiş mavsumi boşlanadigan aniq sana maʼlum qilinmagan. Toşkent şahar hokimligi vaziyat nazoratda ekanini bildirib, issiqlik taʼminoti qaçon boşlanişi haqida qöşimça axborot berilişini maʼlum qildi.