Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, N.M. 2025-yil 28-avgust kuni Ch.B. bilan sharʼiy nikohdan oʻtgan va shu kundan buyon u bilan birga yashab kelgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Ch.B. voyaga yetmagan N.M.ga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jismoniy ehtiyojlarini qondirgan va unga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

5-oktyabr kuni Olmazor tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida voyaga yetmagan N.M. va uning ammasi N.N. bilan suhbat oʻtkazilgan.

Ayni vaqtda voyaga yetmagan qizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini taʼminlash hamda ruhiy holatini barqarorlashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Shuningdek, kelgusida tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish maqsadida N.M.ga himoya orderi rasmiylashtirilgan.