Davlat xavfsizlik xizmati va Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbiri doirasida ötkazilgan tezkor harakatlar davomida jami 122 nafar xorijiy fuqaro aniqlangan.

Tadbir jarayonida ulardan aşyoviy dalil sifatida 18,5 ming AQŞ dollari, 116,5 million söm, 67 ta noutbuk, 569 ta uyali aloqa vositasi, 6 ta Wi-Fi qurilmasi, 3 ta sunʼiy yöldoş aloqa qurilmasi, 5 ta kompyuter, 3 ta planşet hamda xorijiy davlatlar mobil operatorlariga tegişli 1 000 dan ortiq SIM-karta olingan.

Aniqlanişiça, mazkur şaxslar Yevropa va Şarqiy Osiyo mamlakatlarida ommalaşgan onlayn-platformalar orqali firibgarlik sxemalarini amalga oşirgan. Şuningdek, virusli havolalarni yuboriş orqali xorijiy davlatlar fuqarolarining pul mablağlarini özlaştiriş bilan şuğullangan.

Bundan taşqari, ular tomonidan 64 895 USDT miqdoridagi kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasi amalga oşirilgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.