Maʼlum qilinishicha, cheklov Janubiy vokzal hududidagi Kichik halqa avtomobil yoʻlining Shota Rustaveli koʻchasi bilan kesishgan qismida joriy etiladi.
Gap mazkur yoʻlning 400 metrlik qismi haqida ketmoqda.
Vaqtinchalik cheklov 2026 yil 31 may kuni soat 23:00 gacha amal qiladi.
Shu davrda transport vositalari harakati maxsus sxema asosida aylanma yoʻnalishlar orqali tashkil etiladi.
Mutasaddilar haydovchilardan harakat yoʻnalishini oldindan rejalashtirish, muqobil yoʻllardan foydalanish hamda yoʻl belgilariga qatʼiy amal qilishni soʻragan.
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholodan uzr soʻralgan.