Toşkent şahar hokimligi maʼlum qilişiça, Nukus köçasida joylaşgan transformator punkti isteʼmolçi balansida bölib, elektr tarmoqlari korxonasi, jumladan, Mirobod tumani elektr taʼminoti korxonasi balansiga tegişli emas.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, hodisa isteʼmolçiga xizmat körsatuvçi xususiy korxona xodimlari taʼmirlaş işlarini olib borayotgan vaqtda sodir bölgan. Fazalararo qisqa tutaşuv yuzaga kelgan.

Jabrlanganlar Mirobod tumani elektr taʼminoti korxonasi xodimlari hisoblanmaydi.

Hodisa tafsilotlari «Toşkent şahar elektr tarmoqlari» MÇJ hamda «Özenergoinspeksiya»ning Toşkent şahar hududiy boşqarmasi mutaxassislari tomonidan örganib çiqildi.

Toşkent şahar hokimligi jabrlanganlar va ularning yaqinlariga hamdardlik bildirib, tezroq soğayib ketişlarini tiladi. Holat nazoratga olingani, hodisaga huquqiy baho berilişi va örganiş yakunlari böyiça aybdor şaxslarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralar körilişi maʼlum qilindi.

Elektr qurilmalarida taʼmirlaş işlarini belgilangan talablar va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda olib boriş zarurligi taʼkidlandi.