Hodisa joyida qasddan öt qöyiş alomatlari aniqlangan.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning maʼlum qilişiça, yonğin öçirilganidan söng xonadonda yaşagan, 2000-yilda tuğilgan ayolning jasadi topilgan.
Tekşiruv davomida marhumaning yelka qismidan oyoq-son sohasigaça bölgan joylarida termik jarohatlar borligi aniqlangan.
Şuningdek, xonadonning oşxonasi, yotoqxonasi va mehmonxonasida bir-biriga boğliq bölmagan uçta yonğin öçoği qayd etilgan. Bu holatda qasddan öt qöyiş alomatlari ham aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 24-oktyabr kuni Uçtepa tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalariga köra, qonuniy qaror qabul qilinişi va qöşimça maʼlumot berilişi bildirilgan.