Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qatnovlar Toshkent – Cho‘lponota (Issiqko‘l) yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Avtobuslar «Toshkent» avtovokzalidan iyun oyining juft sanalarida harakatlansa, Issiqko‘ldan Toshkentga qaytish reyslari toq kunlarda tashkil etiladi.

Qatnovlar zamonaviy Yutong rusumidagi avtobuslarda bajariladi. Avtobus har kuni soat 15:00 da «Toshkent» avtovokzalidan yo‘lga chiqadi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 365 ming so‘m etib belgilangan.

Yangi qatnov yozgi ta’til mavsumida O‘zbekiston fuqarolari uchun Issiqko‘lga qulay va xavfsiz sayohat qilish imkoniyatini kengaytirishi kutilmoqda.