Tadbir Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy bölinmasi hamda Xalqaro yuristlar komissiyasi (ICJ) bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Seminarda asosiy eʼtibor ayollar huquqlarini himoya qilişning xalqaro-huquqiy mexanizmlarini örganişga qaratildi. Şuningdek, Özbekistonning CYEDAW Fakultativ protokoliga qöşilişining huquqiy va institutsional jihatlarini tahlil etildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, şuningdek, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti vakillari va xalqaro ekspertlar iştirok etdi.
Seminarning dastlabki kuni CYEDAW va uning Fakultativ protokolining asosiy qoidalari hamda xalqaro mexanizmlariga bağişlandi. Birinçi sessiyada Konvensiyaning asosiy tamoyillari va huquqiy kafolatlari, kamsitmaslik tamoyili, gender stereotiplarini bartaraf etiş va 5-modda mazmuni, şuningdek, xususiy şaxslar tomonidan sodir etiladigan kamsitiş va zöravonlik holatlarining oldini olişda davlatning roli kabi masalalar körib çiqildi.
Ikkinçi sessiyada iştirokçilar CYEDAW Qömitasining tuzilişi, faoliyati va qöllaydigan tartib-taomillari, Özbekistonning hisobot taqdim etiş amaliyoti hamda Qömitaning Özbekiston böyiça tavsiyalari va 2022-yilgi yakuniy kuzatuvlari bilan tanişdilar.
Uçinçi sessiya Fakultativ protokol doirasidagi individual murojaatlar mexanizmiga bağişlandi. Unda murojaatlarni körib çiqiş tartibi va qöllaniş şartlari, murojaatni taqdim etiş, maqbullik mezonlarini baholaş, davlatning pozitsiyasini taqdim etiş, Qömita xulosalari va keyingi kuzatuv jarayoni, şuningdek, xalqaro amaliyotdan olingan misollar muhokama etildi.
Seminarning ikkinçi kuni CYEDAW Fakultativ protokoliga qöşiliş bilan boğliq huquqiy va institutsional jihatlar tahliliga bağişlandi.
Törtinçi sessiyada individual murojaatlar mexanizmining davlat institutlari va milliy huquqiy tizim bilan özaro boğliqligi guruhlarda işlaş va muhokama şaklida körib çiqildi. Bunda xalqaro murojaatlar mexanizmining milliy qonunçilik, huquqni qöllaş amaliyoti va huquqiy himoya vositalari bilan aloqasi, xalqaro tajriba asosida milliy huquqiy va institutsional mexanizmlarni rivojlantirişga oid yondaşuvlar muhokama qilindi.
Beşinçi sessiyada CYEDAW Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilişga tayyorgarlik köriş böyiça keyingi qadamlarga bağişlandi. Iştirokçilar ratifikatsiya imkoniyatlarini örgandilar, zarur qöşimça maʼlumotlar va huquqiy tahlillarni aniqladilar, tegişli davlat organlari, masʼul idoralar va manfaatdor tomonlar bilan maslahatlaşuvlarni taşkil etiş, tayyorgarlik doirasidagi çora-tadbirlar hamda qöşimça texnik va ekspert kömagi talab etiladigan yönalişlarni belgilab oldilar.
Tadbir yakunida uşbu seminar ayollar huquqlarini himoya qilişning milliy tizimini yanada mustahkamlaşga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga hamda Özbekistonda gender tenglikni taʼminlaşning huquqiy va institutsional mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilganligi taʼkidlandi.
Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi
Milliy markazi matbuot xizmati.