Mazkur kelishuvga koʻra, kompaniya Ulugʻnor tumanida foydalanishdan chiqqan va ayni paytda ekin ekilmayotgan 3000 gektar maydonda intensiv usulda pomidor yetishtirishni yoʻlga qoʻyadi.

Loyiha doirasida har gektardan 150 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan. Bu koʻrsatkich mahalliy navlar hosildorligiga nisbatan qariyb uch baravar yuqori ekani taʼkidlanmoqda. Yetishtirilgan mahsulotni chuqur qayta ishlash orqali yillik 60 million AQSH dollari miqdorida eksport qilish koʻzda tutilgan

Shuningdek, Ulugʻnor tumanida 100 million AQSH dollari investitsiya asosida zamonaviy pomidorni qayta ishlash korxonasi tashkil etish rejalashtirilmoqda. Korxonada ketchup, pomidor kukuni va sharbat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish jarayonida 100 foiz yashil energiyadan foydalanish nazarda tutilgan

Bundan tashqariAndijon qishloq xoʻjaligi instituti bilan hamkorlikni kengaytirish, Xitoy, Yevropa va AQShdan mutaxassis hamda professor-olimlarni jalb qilish orqali pomidorning yangi navlarini yaratish, malakali kadrlar tayyorlash va dual taʼlim tizimini joriy etish boʻyicha ham kelishuvlarga erishildi.